Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ingliz tili o‘qituvchisi va maktab maslahatchisi,

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi 
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi ingliz tili o‘qituvchisi va maktab maslahatchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa nomzodi, oliy toifali pedagog Shuhratjon Ismoiljonovning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

✅ 2017-yilda Xalqaro Universitetlar reytingida yuqori o'rinda turuvchi "Wroclaw University"ning magistratura bosqichini tamomlagan;
✅ 2023-yil Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Fidokorligi uchun” faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan;
✅ 2020-yildan buyon maktab maslahatchisi (school counselor) hisoblanadi;
✅ 20 ga yaqin ilmiy-metodik maqolalar muallifi, 10 dan ortiq maqolalari xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan;
✅ 2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan;
✅ ingliz tilidan Linguaskill C1+ xalqaro sertifikati sohibi;
✅ ingliz tilidan CEFR C1 milliy sertifikati sohibi;
✅ polyak tilidan CEFR B2 xalqaro sertifikati sohibi;
✅ turk tilidan Tomer B2 xalqaro sertifikati sohibi;
✅ 20 dan ortiq xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi; 
✅ Namangan Davlat chet tillari institutida ilmiy xodim.

📌 Uning o‘quvchilari ham qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

🔸2021-yil 3 nafar o’quvchilari Koreya, Angliya va Singapur davlatlarining nufuzli oliygohlari talabalari bo’lishdi;
🔸2022-yil 2 nafar o’quvchilari AQSHning nufuzli Arizona Universiteti talabalari bo’lib, “El-yurt umidi” stipendiatlari bo’lishdi;
🔸2023-yil 2 nafar o’quvchilari AQSHning nufuzli Missouri Universiteti talabalari bo’lib, “El-yurt umidi” jamg'armasi granti sohibi bo'lishdi. 

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!