AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDA

#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar 
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar 

📣 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING O‘QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDA

Jumladan:

✅ Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 84 nafar o‘quvchisi IELTS/TOEFL/CEFR kabi xalqaro darajadagi til bilish sertifikatlari sohibi bo'ldi. SAT va Duolingo sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soni esa 29 nafarni tashkil etadi. Bularning safiga kechagina IELTS imtihonidan 7,5 ballni qo'lga kiritgan Farangiz Rahmonova ham qo'shildi. 

 (https://t.me/ictschooluz/10368)

✅ Joriy yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchilarining 33 nafari IELTS sertifikatiga ega. 7 nafar o'quvchilar SAT (tanqidiy o‘qish, matematika va yozish) bo'yicha sertifikatini qo'lga kiritdi.
 
✅ Joriy yilda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchilaridan 26 nafari xalqaro IELTS sertifikatini, 7 nafari esa Milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi. Kunikecha  maktabning 8-sinf o'quvchisi Farhod Ergashev IELTS - Xalqaro  ingliz tilini bilish darajasidan 7.0 ballni qo'lga kiritdi.

 (https://t.me/ibnsinomaktabuz/5468)

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!