AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MAKTABLAR O'QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDALAR!

#prezident_maktablari 
#SAT
#IELTS
#yuqori_natijalar 

📣 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MAKTABLAR O'QUVCHILARI XALQARO DARAJADAGI IMTIHONLARDAN YUQORI NATIJALARNI QAYD ETMOQDALAR!

Jumladan,

✅Samarqand shahridagi Prezident maktabining (https://t.me/SamarqandPM/3284) 14 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni, 10 nafar o'quvchi xalqaro SAT imtihonidan esa 1420-1520 ballni qo'lga kiritdi. 

✅ Qarshi shahridagi Prezident maktabining  (https://t.me/pmqarshi/2603)18 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7-7.5 ballni, 5 nafar o'quvchi xalqaro SAT imtihonidan esa 1400-1470 ballni qo'lga kiritdi. 

✅Termiz shahridagi Prezident maktabining  (https://t.me/pmtermiz/2851)18 nafar o'quvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 7.5-8 ballni qo'lga kiritdi. 

✅ Xiva shahridagi Prezident maktabining  (https://t.me/PSinKhiva/6985)10-sinf o'quvchisi Mahliyo  Rahmonova IELTS imtihonida o'z bilimini sinab 8 ball natijani qo'lga kiritdi.

✅ Toshkent shahridagi Prezident maktabi  (https://t.me/toshkentprezidentmaktabi/4736)o'quvchisi Abdulaziz Sobirov IELTS imtihonidan 8 balni qo'lga kiritdi. Shuningdek u SAT imtihonidan 1560 ballni, "Zakovat" o'quvchilar ligasi g'olib jamoasi - " Et Cetera" a'zosi, "Vice-head of the United students" vitse-prezidenti, "PSAD" klubi asoschilaridan biri hisoblanadi.

🟢  Maktablarimizda faoliyat olib borayotgan o'qituvchilar ham doimo izlanishdan, o'z ustida ishlashdan to'xtamaydilar. Xiva shahridagi Prezident maktabi  (https://t.me/PSinKhiva/6973)ijrochi direktori Sattorbek Yo'ldashev IELTS imtihonida 8.5 ball natijani qo'lga kiritdi.
     
💫 Ularning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!