Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida BMT Modeli - Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining rekreatsiyasi tashkil qilindi

Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida BMT Modeli - Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining rekreatsiyasi tashkil qilindi 

 Mazkur tadbir BMT Modeli - Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatining rekreatsiyasi bo‘lib, maqsadi esa, o‘quvchilarga interaktiv va zavqli ta'lim tajribasi orqali nafaqat BMT haqidagi, balki global muammolarga oid tushunchalarini kengaytirishda ko‘maklashishdir. Bu o‘quvchilarni global muammolarni hal qilishga jalb qilish hamda ularga yechim topishda xalqaro yondashuv bilan ijodiy fikrlashga undaydi.

 Ta’kidlash lozim, yaqinda   AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning “ECOSOC” Yoshlar forumida O‘zbekiston Respublikasi yoshlari delegatsiyasi ham munosib ishtirok etdi. Bunday tadbirlar ana shunday forumlarda ishtirok etayotgan lider avlodlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.