AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI KUNI ERTAGA 25-IYULDA, IKKINCHI KUNI 26-IYULDA TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LIB O‘TADI

#imtihon_2023
#Muhammad_al_Xorazmiy_maktabi

❗️AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI KUNI ERTAGA 25-IYULDA, IKKINCHI KUNI 26-IYULDA TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LIB O‘TADI

📆 Eslatib o‘tamiz, imtihonlar 25-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00 da, 26-iyul kuni esa 1 smenada — 08:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

⚡️MUHIM:
➖Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining imtihoni bir kun ya'ni 26-iyulda Toshkent shahrida 1 smenada — 12:00 da;
➖Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining imtihoni bir kun ya'ni 26-iyulda Toshkent shahrida 1 smenada — 17:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar: 
➖“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi
➖ Moliya instituti qoshidagi "Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi"

🔔 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

 Ma’lumot uchun, ushbu 3 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirgan talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

✅Talabgorlar imtihon boshlanishidan bir yarim soat oldin tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.