AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI NURAFSHON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

#nurafshon_pm
#erishilgan_yutuqlar

📈 AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI NURAFSHON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

⚡️Joriy yilda Nurafshon shahridagi Prezident maktabini 24 nafar o‘quvchi bitirdi. 

✅ Ularning barchasi Xalqaro IELTS (100%) sertifikatini hamda 10 nafari SAT sertifikatini, bir nafar o‘quvchi Xitoy tilidan HSK 4-darajasini qo‘lga kiritdi.  

🏛 Bitiruvchilarimizning 22 nafari  Arizona State university, University of Arizona, Colorado State University, Lancaster University,Toronto school of Management kabi 119 ta Xorijiy Oliy ta'lim muassasalaridan tahsil olish bo‘yicha takliflar olishdi.

💫 "Youth creating a peaceful future", "The Earth Prize", Clime science Olympiad, "Breakthrough Junior Challenge", "International Young Eco-Hero Awards", Harvard International Relations Scholars Program singari xalqaro tanlov va dasturlarda g‘olib bo‘lishdi.

💯 Shodiyor Shukuraliyev, Orifjon Qarshiboyev, Mardona Nuriddinova, Behzod Asqaraliyev, Jahongir Gafarov kabi besh nafar bitiruvchilar Turkiyaning oliy ta'lim muassasalarida to‘liq grant asosida tahsil olish imkonini beruvchi "Turkiye Burslari" dasturidan 100 foizlik grant sohibi bo‘lishdi.

 (https://t.me/NurafshonPM/3318)🪪 Maktab bitiruvchisi Nurshoda Qodirberganova 17 ta xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan 1,332,000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi. 

 (https://t.me/NurafshonPM/3256)❗️Yana bir bitiruvchi Himoyiddin Abdumalikov hozirgi kunda umumiy miqdorda $1,132,000 grant sohibiga aylanib, 27 ta nufuzli oliygoh talabasiga aylandi (https://t.me/NurafshonPM/2712).