Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas! 

#eslatma

📣 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas! 

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida mo‘maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda.  Bunday yolg‘on xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz. 

✅ Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga o‘quvchilar Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan testlar asosida shaffof tarzdagi imtihonlar orqali tanlab olinadi. Yuqorida ta’kidlangan tayyorlov kurslarida aniq qo‘llanmalar mavjud emas. 

⏰  Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar  ko‘p uchramoqda. Bu kabi telegram kanallarining  Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q. 

📌 Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy kanallari (https://t.me/piimauz) orqali berib boriladi. 

🔹 Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan shu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.