AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI TERMIZ SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA XALQARO SAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

#SAT
#prezident_maktablari 

⚡️AGENTLIGIMIZ TIZIMIDAGI TERMIZ SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA XALQARO SAT IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TDI

✅ Turli viloyatlardan hamda qo‘shni respublikalardan xalqaro SAT imtihonini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan 57 nafar talabgor imtihon jarayonlarida ishtirok etdi.

 Mazkur imtihon MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan o'tkaziladi va ushbu sertifikat xorijiy universitetlar tomonidan tan olinadi. 

➡️SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo'lib, baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo’ladi.