AGENTLIK DIREKTORI FARG‘ONA VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI BILAN TANISHDI

#Fargʻona_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️AGENTLIK DIREKTORI FARG‘ONA VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI BILAN TANISHDI

🗺  Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev xizmat safari davomida Farg‘ona viloyatdagi 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

✅ Farg‘ona viloyatida 19 ta obyekt shundan, 3 ta Farg‘ona shahrida va O‘zbekiston, Quva tumanida ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 16 ta Qo‘qon (2 ta), Marg‘ilon, Quvasoy, shaharlarida, Bag‘dod, Beshariq, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Qo‘shtepa, Rishton, Toshloq, Uchko‘prik, Farg‘ona, Furqat tumanlarida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilishi rejalashtirilgan.

❗️Hozirda qurilish-ta’mirlash (demontaj) ishlari 8 ta obyektda yakunlangan, 8 tasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan, 3 tasida davom etmoqda.

⏰ Ta'kidlash lozim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmoniga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan jami 168 ta obyektda qurilish-ta’mirlash hamda jihozlash ishlarini amalga oshirish belgilangan.

📝 Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.