Agentlik direktorining tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etmoqda

Avval maʼlum qilinganidek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar faoliyatini yaqindan, haqqoniy o‘rganish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda. 

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Jizzax viloyati Zarbdor va Baxmal tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi.

Agentlik direktori maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi. Maktab bitiruvchilari bilan muloqotda bo‘ldi. Ularning kelgusidagi rejalari va tanlagan kasblari haqida fikr almashdi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni (https://t.me/piimauz/15142) hamda “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (https://t.me/piimauz/15145) haqida soʻz yuritib, har yili bir marotaba o‘tkaziladigan "Bitiruvchilar qurultoyi"ning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.