Agentlik hamda Koreya elchixonasi qoshidagi Koreya taʼlim markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi hamda Koreya elchixonasi qoshidagi Koreya taʼlim markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Kenjayev va Koreya taʼlim markazi direktori Pang Chu Man va masʼullar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Agentlik tizimidagi maktablarda koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish bo‘yicha hamkorlik qilish, Koreyadan pedagog-kadrlarni jalb etish va istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Mehmonlarga Agentlik va tizimdagi maktablar faoliyati yuzasidan maʼlumot berildi. 

Shuningdek, mexmonlarga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida kampus tur tashkil etildi.