AGENTLIK TIZIMIDAGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI NATIJALARI 

#erishilgan_yutuqlar
#ijod_maktabi 

📈 AGENTLIK TIZIMIDAGI ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI IJOD MAKTABI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI NATIJALARI 

⚡️ Joriy yilda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabini (https://t.me/qodiriy_abdulla) 37 nafar bitiruvchi tamomladi. 

✅  Xalqaro til bilish sertifikatlarini 28 nafar o‘quvchi qo‘lga kiritgan bo‘lib, ularning 24 nafarini bitiruvchilar tashkil etadi. 

❗️Ijod maktabining 11 nafar 10-11-sinf o'quvchilari Bilim va malakani baholash agentligining ona tili va adabiyot fanidan "Umumta'lim fanini bilish to‘g‘risida SERTIFIKAT"ni qo‘lga kiritishdi.
  
🟢 Joriy yilda ijod maktabi o‘quvchilari “Jadidlarning ma’rifiy faoliyati: g‘oyalari, maqsadlari, vazifalari va Turkiston taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada, “Kitob - kamolot kaliti” nomli xalqaro ilmiy-ma’rifiy kitoblar ko‘rgazmasida, Ozarbayjon Respublikasining Gabali shahrida o`tkazilgan “Yosh Qutqaruvchilar” xalqaro musobaqasida faol ishtirok etdilar. 
 Ijod maktabining o‘quvchilari 17 ta IELTS, 13 ta CEFR ,1 ta TOPIC, 2 ta SAT kabi Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo‘lishdi.