Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi 
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining oliy toifali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi, tadqiqotchi, "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi Davlatjon Karimovning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

✅Ona tili oʻqitish metodikasi boʻyicha mustaqil tadqiqotchi;
✅ 10 ga yaqin xalqaro konferensiyalar maʼruzachisi;
✅ Xalqaro va mahalliy gazeta-jurnallarda 30 dan ortiq maqolalari chop etilgan;
✅ 2021-yilda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan;
✅ 2023-yilda “Qorako‘z” (she'rlar to‘plami) kitobi chop etilgan.

📌 Uning o‘quvchilari ham qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

✅10 dan ortiq oʻquvchilari milliy sertifikatlarga ega;
✅ 2 nafar oʻquvchisi 2021-yilda viloyat olimpiadasida 1- va 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan; 
✅ Oʻquvchisi Shahnoza  Anvarjonova 2022-yilda asosiy olimpiadaning respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan; 
✅ O‘quvchilari Durdona Inomjonova va Shahnoza Anvarjonovalar o‘z fanlaridan maksimal ball to‘plab, Prezident granti asosida oliy ta'lim muassasasi talabasi bo‘lgan;
✅ 2023-yilda o‘quvchisi Nilufar Ergasheva Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 

📍 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!