Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

#seminar

⚡️Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarorida belgilangan  vazifalarning ijrosini bajarish, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni o‘z vaqtida darsliklar bilan ta’minlash hamda kutubxonachilar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida maktab kutubxonachilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi. 

Hududlardagi Prezident maktablarida Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun seminarlar o‘tkazildi.

Ushbu seminarda yangi o‘quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ‘ib qilishning noan’anaviy usullari haqida so‘z yuritildi.