Agentlik tizimidagi ijod maktabi o'qituvchilari uchun ingliz tilidan onlayn seminar-trening tashkil etildi

Bugun, 21-yanvar, kuni Prezident ta'lim  muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ijod maktabining ingliz tili o'qituvchilari uchun onlayn seminar-trening bo'lib o'tdi.

Seminar-trening doirasida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining TESOL xalqaro sertifikatiga ega bo'lgan o’qituvchilari Barnoxon Negmatova va Adiba Parpiyevalar tomonidan "Future English" va  “English Speaking Nation: secondary Teacher Training” mavzularida mahorat darslari tashkil etildi. 

Unda ishtirokchilar bir-birlari bilan tajriba almashib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Agentlik tomonidan o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishi uchun tashkil etilayotgan bu kabi o'quv seminarlar muntazam tarzda tashkil etib borilishi ko'zda tutilgan.