AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

#imtihon_2023
#ijod_maktablari

📣 AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

 ❗️Ijod maktablarining 2-bosqich imtihonlari 13-16-iyul kunlari bo'lib o'tadi.

✅Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak. 

📌 Talabgor uchun eslatma:
➖ Imtihonning 2- bosqichi ya'ni ijodiy suhbatda talabgorning  ijodiy ishlari portfolio (ijodiy ishlar to‘plami, gazeta va jurnallarda nashr etilgan ijod namunalari, yon daftarcha, televideniye va radio eshittirishlar, respublika miqyosidagi tadbirlardagi chiqishlarining video tasviri) baholash mezonlariga asosan inobatga olinadi. 

⏰  Eslatib o'tamiz, Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣-bosqich: test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.