Agentlik tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi 
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentlik tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (https://t.me/Ibratijodmaktabi)ning oliy toifali ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, olima, jamoatchi, "Shuhrat medali" sohibasi Muyassar Boqixonovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

✅Ona tili oʻqitish metodikasi boʻyicha mustaqil tadqiqotchi;
✅ 10 dan ortiq xalqaro konferensiyalar maʼruzachisi;
✅ 2017-yildan buyon oliy toifali ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi;
✅ Xalqaro va milliy gazeta-jurnallarda 20 dan ortiq maqolalari chop etilgan;
✅ 2019-yilda oʻtkazilgan “Yil oʻqituvchisi–2019” tanlovi gʻolibi;
✅ 2021-yilda “Shuhrat” medali hamda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikning 30-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
✅ 2022-yilda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
✅ 2022-yilda “Iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash metodika tizimini takomillashtirish” mavzusida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy ish boshladi;
✅ 6 nafar oʻquvchisi milliy sertifikatlarga ega boʻlgan;
✅ 2 nafar oʻquvchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining  "Tashakkurnoma"sini qoʻlga kiritgan;
✅ 1 nafar oʻquvchisi "Shuhrat medali" bilan taqdirlangan;
✅ 2020-2021-yillarda oʻquvchisi Dilobar Mahmudova viloyat olimpiadasida I o‘rin egalladi;
✅ 2022-2023-yillarda viloyat fan olimpiadasida oʻquvchilari I, II oʻrinlarni egallashdi.

📍 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi