AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar 

📣 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Yangi tashkil etilgan 166 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda 13 ta yangi ochiladigan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining imtihonlari joriy yilning 28-30-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. 

➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-11-sinflarga o‘tkaziladi.

⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

✅Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

⬇️SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak. 

🔹  Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.