Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida yangi baholash tizimiga o'tayotganligi munosabati bilan kriterial baholash tizimi mezonlarini ishlab chiqish yuzasidan seminar-treninglar bo'lib o'tdi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida yangi baholash tizimiga o'tayotganligi munosabati bilan kriterial baholash tizimi mezonlarini ishlab chiqish yuzasidan seminar-treninglar bo'lib o'tdi.

Unda ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining pedagog-o'qituvchilari ishtirok etishdi. 

Seminar-treninglar 2 kun davom etadi. 

Ma'lumot o'rnida, Agentlik tomonidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun yangi-summativ baholash tizimi ishlab chiqilgan bo'lib, unda baholash jarayonlarida inson omilini minimallashtirishga ustuvorlik berilgan.