Agentlik tizimidagi maktab o'quvchisi Xalqaro olimpiada g'olibi


O'quvchimiz 75 dan ortiq mamlakatdan 10000 dan ziyod qatnashchi orasidan 2-o'rinni egalladi.

Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar maktab internati o'quvchisi  Mengboyev Ro'zimat rus tili fanidan 17- "Xalqaro Pushkin Olimpiadasi"da faxrli 2-o'rinni egalladi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi  rahbari Hilola Umarova tomonidan   Ro'zimat Mengboyev faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg'a bilan taqdirlandi.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz, mazkur Olimpiada 1972-yildan buyon tashkillashtiriladi va u chet el fuqarolari uchun mo'ljallangan.  Bu yil mazkur Olimpiadada 75 dan ortiq mamlakatdan 10000 dan ziyod qatnashchi ishtirok etdi.