Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari o'rtasida olimpiadalar haftaligi davom etmoqda

Agentlik tasarrufidagi maktab o'quvchilari o'rtasida STEAM fanlari doirasida Olimpiadalar haftaligi davom etmoqda. 

Bugun, 5-fevral kuni maktablarning 5-7-sinf o'quvchilari o'rtasida science fani doirasida onlayn olimpiada bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar fan doirasida o'zaro bellashdilar.

Eslatib o'tamiz, olimpiadalar haftaligi 8-11-sinflar kesimida bo'lib o'tadigan biologiya fan olimpiadasi bilan davom etadi.