Agentlik tizimidagi maktab rahbarlari va mahalliy o'qituvchilari uchun bo'lib o'tayotgan onlayn seminar-treninglar davom etmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan qishki ta'til davrida maktab rahbarlari, rahbar o'rinbosarlari hamda mahalliy o'qituvchilar uchun tashkil etilgan  kasbiy malaka oshirish qisqa muddatli kurslari doirasida “Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazishning yangi tartibi toʻgʻrisida” onlayn seminar-trening bo'lib o'tdi.

Unda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mutaxassislari, Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalarining rahbar va rahbar o'rinbosarlari hamda o'qituvchilar ishtirok etishdi.

Onlayn seminarlar doirasida  Vazirlar Mahkamasining 2021-yilning 17-sentabrdagi “Maktabgacha, umumiy oʻrta,oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 572-sonli qarori mazmun-mohiyati va joriy etilayotgan yangiliklar boʻyicha ma'lumot berildi.

Seminar davomida ishtirokchilar mutaxassislardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi