Agentlik tizimidagi maktablar "Yashil makon" loyihasida

Mamlakatimiz bo'ylab amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummiliy loyihasiga Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar ham o'z hissalarini qo'shishmoqda. Jumladan:

Farg'ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi 150 tup archa, sosna, mushmulla va boshqa ko'plab manzarali daraxtlar ko'chatlarini ekishdi;

Abdulla Oripov nomli ijod maktabida  ham hashar ishlari  boshlab yuborildi. Mazkur loyiha munosabati bilan bugun maktab jamoasi tomonidan maktab hududi atrofiga 30 tup archa ko‘chati o‘tqazildi;

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi tomonidan ham "Yashil makon"  ekoaksiyasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar ekib, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirildi.