Agentlik tizimidagi maktablarning chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan o‘quv-amaliy yig‘ini o‘tkazildi

 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan o‘quv-amaliy yig‘ini o‘tkazildi.

Mazkur o'quv-amaliy yig'in O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tomonidan tashkil etildi.

Tadbir  O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bo'lib o'tdi.

Yig‘in ishtirokchilari universitet o‘quv-moddiy bazalari, o‘quv jarayoni, otish mashg‘uloti, jismoniy tayyorgarlik mashg‘uloti, saf tayyorgarligi mashg‘uloti, kursantlar turar joylari va ularga yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi, ma'naviyat va ma'rifat markazi, otxona hamda kamondan otish bazasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

 Yig‘in yakunida ishtirokchilar bilan davra suhbati o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.