AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA! 

#imtihon_2023
#prezident_maktabi 

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR UCHUN ESLATMA! 

📌 Imtihonga kirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: 

➖ shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi;
➖ http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnoma;

❌ Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

➖tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va http://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgorlar;
➖imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar;

✔️ Talabgor imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelishi shart.

❗️Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.