Agentlik tizimidagi Prezident maktablariga qabul yuzasidan Jamoatchilik kengashi yigʻilishi bo'lib o'tdi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish Agentligi tizimidagi Prezident maktablariga qabul jarayonlarini sifatli  tashkil etish masalalari yuzasidan Jamoatchilik kengashi yigʻilishi bo'lib o'tdi.

Unda yangi ochilgan 10 ta Prezident maktabiga qabul jarayonlarini sifatli tashkil etish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, Kengash a’zolari kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Ma'limot o'rnida, 2021/2022-o‘quv yili uchun jami 14 ta Prezident maktablariga qabul bo‘lib o‘tadi.