Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirokida uchrashuv va mahorat darslari tashkil etildi

Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarida O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari vakillari ishtirokida uchrashuv va mahorat darslari tashkil etildi

Toshkent shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi E.R. Shoismatovning o‘quvchilar bilan uchrashuvi

- Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi B.Z. Asadovning o‘quvchilar bilan uchrashuvi.

- Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi S.P. Niyazxodjayev va Belarusdagi elchixona maslahatchisi R.Nazarovlarning o‘quvchilar bilan uchrashuvi 

- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi A.A. Agzamxodjayevning o‘quvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

- Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iz Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi X.M. Mirzaxidovning o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar, madaniyat va tarix, diplomatik vakolatxonalari faoliyati va diplomatlarning turmush tarzi, shuningdek diplomatlar uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar haqida maʼlumot berildi. Shu bilan birga, diplomatlar o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.