Agentlik tomonidan Matbuot anjumani tashkil etildi

 
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

“Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul va imtihon tartiblari” mavzusida tashkil etilgan ushbu matbuot anjumanida qabul va kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi, hujjat topshirish, imtihon  bosqichlari va kirish imtihonlarini o‘tkazish muddati haqida ma’lumot berildi. 

Matbuot anjumanida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova, Agentlikning Iqtidorli yoshlarni tanlab olish sho'basi boshlig'i Sherzod Xudayqulov, ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Jamoliddin Kamalov va  Mirzo Uug'bek nomidagi  ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Olimjon To'ychiyevlar ishtirok etdi.