Agentlik tomonidan matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi

Prezident maktablari kirish imtihonlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23-iyul kuni jurnalist va blogerlar uchun Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida saralash imtihonlarining repetitsiya jarayoni, OAV vakillari uchun press-tur va tashkilotchilar ishtirokida “Prezident maktablariga kirish imtihonlarida shaffoflikni ta’minlash” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mazkur matbuot anjumanida Agentlik direktori Hilola Umarova, Agentlikning Qabul komissiyasi raisi o‘rinbosari Sherzod Xudoyqulov hamda Prezident maktabi o‘qituvchisi Tomas Tophamlar ishtirok etishdi.

Unda kelib tushgan arizalar, imtihon tartibi va Prezident maktablari saralash imtihonlarida shaffoflikni ta’minlash yuzasidan qilinayotgan ishlar, umuman mavzu yuzasidan  batafsil ma’lumot berildi. 

Respublikamizdagi 14 ta Prezident maktabining 1-bosqich saralash imtihonlari oʻtkaziladigan barcha hududlarda imtihon jarayonlari bir xil tashkil etiladi. Tayyorgarlik jarayonining namunasi sifatida Toshkent shahridagi Botanika bog‘ida OAV uchun press-tur tashkil qilindi. 

Unda kirish imtihonlariga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan press-tur jurnalist va blogerlar uchun yanada aniqroq ma’lumotga ega bo‘lish imkonini berdi.

Imtihon o‘tkaziladigan barcha hududlarda:

 -Talabgorlarning qimmatbaho buyumlarini saqlash joyi;

- face ID tekshirish joyi;

- internet;

- noutbuk 

- printer;

-mikrofon;

-elektron tablo soat;

-kuzatuv kamerasi (har bir blokda)

- server xonasi

- imtihon materiallarini saqlash joyi;

- stol-stul;

- 0,5.l suv;

- qalam;

- o‘chirg‘ich (har bir talabgorga);

- antiseptik vositalar; 

- bir martalik niqob;

- tibbiy punkt xonasi, ko‘chma tibbiy punktlar;

- xojatxona;

- ota-onalar uchun kutish joyi

- o‘rindiq, soyabonlar (Tent), bufet va boshqalarning mavjud bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. 

 

Namuna sifatida OAVda ko‘rsatilgan Toshkent shahar va Toshkent viloyatida imtihonlar Toshkent shahridagi Botanika bog‘ining  B va C sektorlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Mazkur hududlar 1080 nafar o‘quvchi sig‘imiga ega.  Xuddi shunday resbuplikamizning boshqa hududlarida ham xuddi shunday qulaylik va shoroitlar yaratilgan.

Matbuot anjumani va press-tur doirasida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Agentlik axborot xizmati