Samarqand viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilari Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan ICT WEEK haftaligida ishtirok etishdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand viloyatida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilari Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan ICT WEEK haftaligida ishtirok etishdi.

Ushbu ko‘rgazmalar doirasida o‘quvchilar olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etish bilan bir qatorda, IT sohasida tajriba almashib, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion sohada mamlakatimizda erilishgan yutuqlar bilan shaxsan tanishishdi.

“ICT WEEK Uzbekistan” O‘zbekiston IT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini, davlat, kompaniyalar va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo’lga qo’yish uchun ideal maydondir. 

“ICT WEEK Uzbekistan” 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan eng muhim tadbirlardan biri hisoblanadi.  AKT haftaligi an’anaviy tarzda bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradi.