American Council for International Education Uzbekistan tashkiloti vakili Prezident ta'lim muassasalari agentligida

Bugun American Council for International Education Uzbekistan tashkilotining mintaqaviy direktori Mr. William O'Roark va Kasbiy almashinish dasturlari loyiha boshqaruvchisi Bahrom Tuychiev Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lib, o'zaro hamkorlik masalalari bo'yicha fikr almashishdi.

Uchrashuv doirasida, jumladan:

Agentlik tasarrufidagi ijod maktablarida American Corner markazini tashkil etish; 
AQSHning O'zbekistondagi elchixonasi va USAID tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish istiqbollari;
o'qituvchilar malakasini oshirish dasturlari;
Mahorat markaziga xalqaro trenerlarni jalb qilish; 
"Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari uchun AQSHda amaliyot o'tashlarini yo'lga qo'yish imkoniyatlari;
 School councilor dasturi doirasida treninglar tashkil etish yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida mehmonlarga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga campus-tur tashkil etildi.