Muhammad al-Xorazmiy nomidagi  ixtisoslashtirilgan  maktabda Birlashgan Millatlar tashkiloti tashkil topgan kun munosabati bilan ijodiy tadbir tashkil etildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi  ixtisoslashtirilgan  maktabda Birlashgan Millatlar tashkiloti tashkil topgan kun munosabati bilan ijodiy tadbir tashkil etildi. 

Unda o'quvchilar guruhlarga bo'linib, muayyan mamlakatning tarixi, iqtisodiyoti, milliy o’ziga xosligi, oshxonasi  haqida taqdimot qilishdi.

Hakamlar hay'ati a’zolari esa har bir guruh tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlarni sinchiklab o’rganishdi.

Ta'kidlash joiz, bu kabi tadbirlar  bolalarning jamoa bo’lib ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi va dunyo xalqlarining tarixi va madaniyatini yaqindan o'rganishlariga ko'mak beradi.

Ma'lumot uchun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyo davlatlarini birlashtiruvchi global tashkilot bo'lib, 1945-yil 24-oktabr kuni tashkil topgan.