ANDIJON VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI SHAHRIXON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 ANDIJON VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI SHAHRIXON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

⚡️ Ochilish marosimida ko'p yillar davomida o'quvchilarga ta'lim bergan faxriy ustoz O‘zbekiston qahramoni Kamoliddin G'offurov, Shahrixon tuman hokimining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, Shahrixon tuman maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi mudiri ishtirok etdilar.

 Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinf xonalari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

🟢 Bu taʼlim dargohiga Andijon viloyatining barcha hududlaridan 5-11-sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib o‘qishga qabul qilindi. 

✅ Mazkur ixtisoslashtirilgan maktabdagi 456 nafar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berish maqsadida 43 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.