ANDIJON VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI YANA IKKITA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

⚡️ANDIJON VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY KO'RINISHDAGI YANA IKKITA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

✅Xonobod shahri va Xo‘jaobod tumanida Ixtisoslashtirilgan maktablarning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu taʼlim maskanlarida o‘quvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

🎉Nuroniylar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari maktablarda faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylar hamda o‘quvchilarni yangi maktab hamda boshlangan o‘quv yili bilan tabriklab, barchaga omad va zafarlar tiladi.

🗣Ma'lumot uchun, Agentlik direktori Alisher Ubbiyev avgust oyida xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 14 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishgan edi.