ANDIJON VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

#Andijon_viloyati
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️ANDIJON VILOYATIDAGI QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI KETAYOTGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI O‘RGANILDI

🗺 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘lib, viloyatdagi 14 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab - internatlarida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

✅ Ta'kidlash lozim, Andijon viloyatida 14 ta obyekt shundan, 1 ta Andijon shahrida ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 12 ta Xonobod shahrida va Andijon, Asaka, Baliqchi, Bo‘ston, Izboskan. Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Oltinko‘l, Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Shahrixon tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda jami loyihaviy quvvati 6888 o‘rinni tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📆 Avgust holatida 4 ta (Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati) foydalanishga topshirilib, 10 ta obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

📝 Maktablarni zamonaviy jihozlash, o‘quvchilar uchun qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.