AQSHda o‘qiydigan o‘quvchilar Prezident maktablarida o‘qishi mumkinmi?

– Farzandim AQSHda o‘qiydi, O'zbekiston fuqarosimiz. Farzandimni Prezident maktabiga bermoqchiman. Buning uchun qanday hujjatlar tayyorlanadi? Hujjat topshirishda farq bormi?

Talabgor chet elda ta'lim olayotgan bo'lsa, Prezident maktabining tegishli sinfiga hujjat topshira oladi. Bunda talabgorning ota-onasi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi talab etiladi.

Talab etiladigan hujjatlar:
- talabgorning tugilganlik to'g'risidagi guvohnomasi yoki kinder passporti;
- talabgor ta'lim olayotgan muassasaning oxirgi o'quv yilini matematika va tabiatshunoslik (shu fan o'rniga o'qitiladigan fan) fanlaridan a'lo baholarga tugatganlik to'grisida tabel (unga tenglashtirilgan hujjat)ni maktab direktori tomonidan tasdiqlangan shakli;
- tasdiqlangan baholar tabelini notarial tarzda tarjima nusxasi;
- tasdiqlangan shakldagi ma'lumotnoma formasini to'ldirish 
- talabgorning oxirgi 3 oyda tushgan fotosurati.