“Assalom Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!”

O‘zbekiston Respublikasi Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan “Assalom Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ijodiy ishlar tanlovining 2-bosqichi nihoyasiga yetdi.

Tanlov natijalariga muvofiq,

1-o‘ringa – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Diyora Omonova;

2-o‘ringa – Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 8-Bluye sinf o‘quvchisi Mushtariybonu Umarova hamda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Farangiz Aktamxonova;

3-o‘ringa – Abu Ali ibn Cino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 10-sinf o‘quvchisi Feruza Saidmohirova hamda Namangan shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi Iroda Mirzamaxmudovalar loyiq deb topildi.

G‘oliblarni tabriklab, kelgusi o‘qishlarida omadlar tilab qolamiz!

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-134-son qarori hamda ushbu qaror 2-ilovasi bilan tasdiqlangan 2022 yilgi Navro‘z umumxalq bayramini o‘tkazish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”ning 20-bandi ijrosi yuzasidan tashkil etilgan edi.

G‘oliblar Agentlik tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.