Axborot xizmati rahbarlari faoliyati samaradorligi reytingi e'lon qilindi

2022-yilning yanvar-fevral oylarida AOKA tomonidan Respublika darajasidagi 139 ta tashkilot va idora, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda 206 ta tuman va shahar hokimliklari matbuot kotiblarining 2021 yil 2-yarim yillikdagi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

Unga ko'ra, Respublika darajasidagi 139 nafar matbuot kotibidan 45 nafarining ish natijalari yuqori, 57 nafariniki o‘rta, 33 nafariniki qoniqarli, 4 nafarining faoliyati past darajada, deya baholandi.

2021-yilning ikkinchi yarmida yuqori natija qayd etgan Axborot xizmatlari rahbarlari ro'yxatidan Prezident ta'lim muassasalari agentligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ham o‘rin oldi. 

E'tirof muborak bo'lsin!