"Axborot xizmatini samarali tashkil etish" trening ishtirokchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar va universitetning OAV va jamoatchilik bilan ishlashga masʼul xodimlar uchun "Axborot xizmatini samarali tashkil etish" mavzusida o‘quv-trening bo‘lib bo‘lib o‘tdi.

Trening 28-29-mart kunlari bo‘lib, unda masʼullar axborot xizmatida PRning ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Trening yakunida ishtirokchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. 

 

So‘rovnomada ishtirok etgan ishtirokchilar tomonidan "Yana nimalarni bilishni istardingiz" savoliga qo‘yidagi takliflar bildirildi:

– Jurnalistika va matbuot kotibining ish faoliyati haqida to‘liq bilish va o‘rganish uchun bu kabi treninglarni ko‘proq qilish;

– Foto va videomontaj hamda to‘g‘ri syomka qilish usullari;

– Mobilografika haqida maʼlumotlar olish.

"Eng maʼqul bo‘lgan mavzu" 47,9% ishtirokchi barchasi, 42,9% ishtirokchi "Axborot faoliyatini tashkil etish", 19% ishtirokchi “fotojurnalistika”, 9,5% "huquqiy savodxonlik" mavzularini belgilashgan.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 100% barcha qatnashchilarga maʼqul bo‘lgan hamda bu kabi treninglar yana tashkil etilishini so‘rashgan.