Ayni vaqtda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda forum ishtirokchilari uchun 14 ta shoʻbada taqdimot hamda o‘quv treninglari o‘tkazilmoqda

#Ustozlar_forumi
#1_kun

🔴 Ayni vaqtda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda forum ishtirokchilari uchun 14 ta shoʻbada taqdimot hamda o‘quv treninglari o‘tkazilmoqda (https://t.me/uzedu/22558).

⚡️Xususan, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida:

-  “Jahon banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi davomida muqobil modellar faoliyatini tashkil etish (Ilk rivojlantirish markazlari) tajribasi”;
-  “Maktabgacha ta’lim sifatini baholash tizimini ta’minlash va MELKO xalqaro o‘lchov vositasini joriy etish”;
-  “Maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish”;
   
⚡️ Maktab ta’limi yo‘nalishida:

-  “O‘quvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini rivojlantirish;
-  “Loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish –amaliyotdan nazariyaga”;
-  “Yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, taqaim-mavzu reja hamda tavsiyalar”;
-  Tajriba-sinov maktablarida yangi baholash tizimini samarali joriy etish”
-  “Tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarini samarali joriy etish – metodik ta’minot”
-  “Umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini raqamlashtirish: muammolar, yechimlar, vazifalar” kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etilgan.
______________
❗️Treninglar avvalida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga bag'ishlangan ko'rgazma ham bo‘lib o‘tdi.