Aziz yurtdoshlar!

Prezident talim muassasalari agentligi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

1-sentabr— Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan kundir.  Bu kun har bir yurtdoshimiz qalbida ulkan faxr va ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadi.

 Barchangizni ayyom bilan yana bir bor tabriklab, sizlarga mustahkam sog‘liq, tinchlik-xotirjamlik va ishlaringizga rivoj tilaymiz!