Barcha normativ-huquqiy hujjatlar bosh qomusimizga asoslanadi

#O‘quv_seminar

⚡️Barcha normativ-huquqiy hujjatlar bosh qomusimizga asoslanadi

✅Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi va Adliya vazirligi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi. 

⏺Unda Agentlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari, ta’lim muassasalarining rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning qabul qilish zarurati, dolzarbligi hamda mamlakatning keyingi istiqbolidagi huquqiy qomus o‘laroq ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

🗣Ma’lumot uchun, o‘quv seminarlari yakunlangach, barcha davlat fuqarolik xizmati xodimlarining yangi tahrirdagi konstitutsiya bo‘yicha umumiy bilimlari test imtihonlari orqali sinovdan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.