Bayramingiz muborak bo'lsin, Vatan himoyachilari!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi jamoasi Sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 30 yilligi bilan samimiy qutlaydi.

Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ta'minlash, mamlakatimiz tinchligini  saqlash yo'lida amalga oshirayotgan ishlaringiz tahsinga sazovor.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!