Benazir  ayol, vafo va sadoqat  timsoli  shoira Zulfiya Isroilova tavalludining bu yil 107 yilligi keng nishonlanmoqda

Shunday barhayot shoiramizni xotirlash maqsadida kuni kecha Prezident taʼlim muassasalari agentligi Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida “Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!” nomli tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda ijodkor Muhtarama Ulug‘ova va Oygul Suyundiqovalar ishtirok etishdi. Ular shoira hayoti va ijodi haqida maktab o‘quvchilariga so‘zlab berishdi. Shu bilan birga sheʼriyatga oshno ko‘ngillar uchun ijodkorlar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.