Bo‘zatov FESTda Ijod maktabi o'quvchilari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Yoshlar ovozi” festivalining respublika bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tmoqda.

Bo‘zatov FESTning yakuniy bosqich ishtirokchilari, o‘z hududida tengsiz deb topilgan yosh iqtidor egalari hamda mehmonlari tantanali ravishda kutib olindi.

7-10 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan yoshlar festivalida bir-biridan qiziqarli, esda qolarli va takrorlanmas dasturlar ishlab chiqilgan. Xususan, bugungi kun tartibida Bo‘zatov tumanidagi Yoshlar markazida taniqli va yosh ijodkorlar bilan uchrashuv, she’riy to‘plam taqdimoti, milliy hunarmandchilik ko‘rgazmasi hamda Berdaq nomidagi Yoshlar bog‘ida qoraqalpoq taomlari festivali o‘tkaziladi.

Agentlik vakillari ham ishtirok etayotgan ushbu festivalda  Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining o‘quvchi yoshlari qatnashib, "Mening ilk kitobim" loyihasida  tashabbuskorlik ko‘rsatishdi.

Festival davom etadi.