"Boburning hikoyasi" asarining taqdimoti tashkil etildi

Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktablarida kitobxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.  

Mazkur tadbir doirasida Zahiriddin Muhammad Boburning 5-6 sinf o‘quvchilariga mo‘ljallab 3 ta - o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan "Boburning hikoyasi" asarining taqdimoti tashkil etildi.

Tadbir Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etildi. 

Taqdimot davomida o‘quvchilar kitob bilan tanishib, mas’ullardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.