BOKSGA IXTISOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARI YAKUNLANDI

#imtihon_2024
#sport_maktablari

⚡️BOKSGA IXTISOSLASHTIRILGAN SPORT MAKTABIGA KIRISH IMTIHONLARI YAKUNLANDI

 Bugun, 30-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Agentlik tizimidagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi imtihonlarining ikkinchi bosqichi 1 smenada boʻlib oʻtdi. 

📝 Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida oʻtkazildi:
➖5–6 hamda 9–10 sinflar uchun psixologik test 15 ta, intellektual qobiliyat darajasini aniqlash boʻyicha 20 ta test shaklidagi topshiriq (jami 35 ta test topshiriqlari uchun 50 ball beriladi).

⌛️ Talabgorlarga  test topshiriqlarini bajarish uchun 60 daqiqa vaqt berildi.

 📶 Maʼlumot oʻrnida, mazkur sport maktabiga 2024/2025-oʻquv yili uchun 1245 ta ariza kelib tushgan. Hujjatlar qabuli onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.