Bugun buyuk sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Ulug‘ sarkarda davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilmu fan, sanʼat va meʼmorchilikka oid qarashlari va amallari bilan dunyoga mashhur hamda buyuk davlat asoschisidir.

Sohibqiron Amir Temur tarqoq qavmlarni birlashtirish, ularni yagona, kuchli va ahil millatga aylantirishni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygandi. Bu maqsad yo‘lida kuchini ham, vaqtini ham ayamadi.

Amir Temurning “Temur tuzuklari” doim ilm ahlini qiziqtirib kelgan, alohida nusxa ko‘chirilib, shaxsiy kutubxonalardan joy olgan.  Ijtimoiy-siyosiy faoliyatda undan muhim yo‘l-yo‘riq sifatida foydalanilgan.

Ushbu asar ilmiy jamoatchilikni 600 yildan ziyod vaqt mobaynida qiziqtirib kelmoqda. Ushbu asar o‘lmas durdona sifatida alohida qadr-qimmatga ega.  Buyuk ajdodimizning "Kuch – adolatda" shiori esa har birimiz uchun dasturulamal bo‘lishi lozim.