Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Pedagogik mahorat va xalqa

#Xalqaro_hamkorlik 
#Singapur

⚡️ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda Singapur davlatining “Star publishing” nashriyoti vakillari ishtirokida mahalliy mutaxassislar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

 (https://t.me/uzedu/23170)⚡️  O‘quv treningda “Star publishing” kompaniyasi prezidenti Steve Seow, kompaniya ijrochi direktori Judy Seow, matematika fani darsligi muallifi Ho Wee Li va Eric Chan Chun Ming hamda mahalliy mutaxassislar ishtirok etishdi.

❗️Ushbu seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad Singapurning matematika o‘qitish metodikasi tajribasini o‘rganishdan iborat.

  "Matematika fani - umumiy o’rta ta’lim maktab uchun asos hisoblanib, bu fanni o’qishda eng zamonaviy sodda, tushunarli usullaridan foydalanish kerak.  Tajribamizga ko‘ra, ko‘z bilan ko'rish mumkin bo‘lgan materiallar va o‘quv qurollariga tayangan holda matematik konsepsiyalarni o'rgatish ko‘proq natija beradi", - deydi Singapur matematika fani darsligi muallifi Eric Chan Chun Ming.  

🟢 Trening davomida darslarni vizual tarzda tushuntirish, amallarni  turli o'quv materiallar yordamida tushunchalar berish bo‘yicha mahorat darslari ham bo‘lib o‘tdi. 

✔️ Ma’lumot uchun, Singapur davlatining “Star publishing” nashriyoti bilan bir necha yo‘nalishlarda, xususan, mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlar tashkil etish bo’yicha hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.