Bugun Oʻzbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 75 yilligi 

Shu munosabat bilan Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabida shoira xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy kechalar, davra suhbatlari, bahru bayt, mahorat darslari tashkil etilmoqda. 

Shunday darslarning biri bugun 9-sinf ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Umida Sultonova tomonidan tashkil etildi. 

Mahorat darsi davomida shoiraning she’rlari tahlil qilindi, o‘rganildi.

Dars yakunida Halima Xudoyberdiyeva to‘g‘risida ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Filmdan olgan taassurotlar asosida o‘quvchilar bir-birlari bilan o‘zaro fikr almashishdi.